


Shahardan qoching. Tashqariga chiqing!
TASHQARIGA

So‘qoq archazori va salqin sharshara: shanbalik haqiqiy relaks
Urung‘och nefrit ko‘llari: jonli zumrad mo‘jizasi sari qochish
Kichik Chimyon va Pesochniy dovoni: qadamlar va dopamin zaryadi
O‘zbekiston Shveytsariyasi: Zomin kanyonlari va shisha ko‘prik
Chorvoq sunset & chill: ko‘l manzarasi fonida sokin oqshom
Yovvoyi Novalisoy: toshli daryolar va kashf etilmagan sharshara
Katta Chimyon (3309m): bulutlardan balandda — o‘zingni kashf et!
Zomin kemping kechasi: yulduzlar ostida tunash va gulxan sehri
Marsga chipta: Boysun qizil kanyonlari va Teshiktosh siri
Gulkam kanyonlari: tor daralar, sharsharalar va sof adrenalin!
Yuqori Urung‘och: faqat piyoda yetib boriladigan yashirin firuza
Oftobli Baxmal: muzdek buloqlar va tog‘ olmazorlari nafasi
Sirli Miraki kanyonlari: Qashqadaryo tog‘larining tubiga sayohat
Lashkerek kanyoni va oltin kon sharsharasi sayohati
Hayot to‘rtta devor orasida
o‘tib ketmasin.
Har dam olish kunini shahar shovqinida va ekran qarshisida o‘tkazish shart emas. Biz Toshkent va uning atrofidagi eng go‘zal tog‘ yo‘nalishlarini, tajribali gidlarni hamda tabiat shaydolarini bir platformaga jamladik.
Ishonchli yo‘lboshchilar
Har bir marshrut va gidning tajribasi xavfsizlik mezonlari asosida oldindan tekshiriladi. Xavfsiz so‘qmoqlar va professional yo‘lboshchilar bilan xotirjam yurasiz.
Toza tog‘ havosi va erkinlik
Toshkentdan 1-2 soatlik masofadagi archazorlar, daryo bo‘ylari va salqin daralarda shahar shovqinini unutasiz.
Do‘stona safardoshlar jamoasi
Safarga yakka o‘zingiz kelsangiz ham begona bo‘lib qolmaysiz. Tabiatni yaxshi ko‘radigan tengdoshlar bilan bir jamoa bo‘lib yurasiz.
Safarga nimalar olish kerak?
Tog‘da xavfsizlik va qulaylik eng avvalo to‘g‘ri jihozlanishdan boshlanadi:
- Qulay poyabzal:sirpanmaslik uchun qalin taglikli krossovka yoki trekking etik.
- Mavsumiy kiyim:shamol va salqinga qarshi yengil kurtka yoki vetrovka, quyoshdan kepka.
- Suv va ozuqa:kamida 1.5–2 litr ichimlik suvi hamda yengil gazaklar (shokolad, yong‘oq).
- Shaxsiy dorilar:o‘zingizga zarur bo‘lgan shaxsiy dorilar (guruhda umumiy aptechka bo‘ladi).
Bekor qilish va to‘lov qoidalari
Transport va o‘rinlar oldindan band qilinishi sababli qoidalarimiz aniq:
- O‘rningizga odam topilsa pul qaytariladi:safarga kela olmasangiz va o‘rningizga boshqa to‘lovchi sayohatchi topilsa, to‘lovingiz to‘liq qaytariladi.
- Safar qoldirilsa:agar safar tashkilotchilar tomonidan bekor qilinsa, to‘lov to‘liq qaytariladi yoki boshqa sanaga ko‘chiriladi.
- Ob-havo sharoiti:yomg‘ir yoki tuman bo‘lsa ham safarlar davom etaveradi (surviving tour tajribasi). Safar bekor qilinmasa-yu, sayohatchi o‘zi kelmasa, to‘lov qaytarilmaydi.
Ko‘p beriladigan savollar
Sayohatlar, to‘lovlar va xavfsizlik bo‘yicha eng muhim savollarga javoblar.
Admin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning
Maxsus guruhli sayohat, korporativ dam olish yoki tushunarsiz savollaringiz bo‘lsa, istalgan vaqtda yozishingiz yoki qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.